CRM va ERP tizimlari

Distribyutsiya kompaniyasi uchun CRM va ERP tizimi

Savdo agentlari do'konlardan buyurtma yig'adi, ombor yuk tayyorlaydi, haydovchi yetkazadi, buxgalteriya esa qarzni kuzatadi. Bu zanjirning biror joyida ma'lumot qo'lda ko'chirilsa — xato va yo'qotish boshlanadi. Biz bu jarayonni bitta tizimga birlashtiramiz.

Tanish holatmi?

Buyurtmalar qog'ozda va Telegram'da

Agentlar buyurtmani daftarga yoki chatga yozadi, ofisda ular qayta kiritiladi — vaqt ketadi, xato chiqadi.

Do'konlar qarzi nazoratsiz

Qaysi do'kon qancha qarzdor va to'lov muddati qachon — aniq ro'yxat yo'q, qarz esa o'sib boradi.

Ombor va buyurtma mos emas

Agent omborda yo'q mahsulotni sotib qo'yadi — yetkazib berishda kamchilik chiqadi.

Agentlar ishi ko'rinmaydi

Kim qaysi hududda qancha sotgani va qaysi do'konlarga bormagani faqat oy oxirida ma'lum bo'ladi.

MasalaHal bu masalani qanday hal qiladi

01

Agentlar buyurtmasi tizimda

Agent buyurtmani to'g'ridan-to'g'ri tizimga kiritadi (telefondan yoki Telegram bot orqali — loyihaga qarab), ofisda qayta yozish yo'q.

02

Qoldiqqa qarab sotuv

Buyurtma ombor qoldig'i bilan solishtiriladi — yo'q mahsulot sotilmaydi.

03

Debitorlik hisobi

Har bir do'konning qarzi, to'lovlari va muddati — alohida kartochkada; muddati o'tganlar ro'yxati doim tayyor.

04

Ombor va yetkazib berish

Kirim, yig'ish va jo'natish bitta tizimda; qaysi buyurtma qaysi bosqichda ekani ko'rinadi.

05

Agentlar va hududlar hisoboti

Har bir agent, hudud va mahsulot bo'yicha sotuv — rahbar uchun tushunarli hisobotlarda.

06

AI tahlil

Sun'iy intellekt sotuv dinamikasini tahlil qiladi va qaysi mahsulot tez tugashini oldindan ko'rsatadi.

Qanday quriladi

Distribyutsiya kompaniyalarining jarayonlari bir-biriga o'xshamaydi: kimdir oldindan buyurtma oladi, kimdir mashinadan to'g'ridan-to'g'ri sotadi. Shuning uchun tayyor shablon o'rnatmaymiz — avval agent, ombor va buxgalteriya qanday ishlashini o'rganamiz, keyin tizimni bosqichma-bosqich ishga tushiramiz: eng ko'p vaqt yo'qotilayotgan qism birinchi bo'lib ishlay boshlaydi.

Qarzlar hisobi haqida batafsil: qarzga savdo hisobi. Excel'dan o'tish haqida: Excel'dan tizimga o'tish.

Boshqa nomlari

Bunday tizimni «distribyutsiya dasturi», «savdo agentlari uchun dastur», «optom savdo dasturi» yoki ruscha «программа для дистрибуции», «CRM для дистрибьютора», «учёт торговых агентов» deb ham atashadi.

Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Loyiha talabiga qarab: telefondagi ilova yoki brauzer orqali, yoki Telegram bot orqali. Qaysi usul agentlaringizga qulayligini birga tanlaymiz.

Ha. Har bir mijozning qarzi, qisman to'lovlari va to'lov muddati yuritiladi; muddati o'tgan qarzlar va umumiy debitorlik hisobotda ko'rinadi.

Ko'p hollarda ha: mahsulot, narx va qoldiq ma'lumotlarini 1C bilan almashish yoki 1C'dan to'liq ko'chish mumkin. Aniq yo'lni 1C konfiguratsiyangizni ko'rgach aytamiz.

Ha, CRM/ERP'ni noldan quramiz: ishlab chiqarish, ombor, ta'minot va sotuvni bitta tizimga birlashtirish mumkin. Kerakli modullarni jarayonlaringizni o'rganib belgilaymiz.

Savolingizga javob topmadingizmi? Barcha savol-javoblar yoki bepul maslahat oling

Bog'lanish

Masalangizni aytib bering, birga hal qilamiz

Birinchi maslahat bepul va hech qanday majburiyatsiz. Masalangizni tinglaymiz, yechim va taxminiy narxni aytamiz.

Ish vaqti: Du–Sha, 09:00–18:00

  1. Ariza qoldirasiz

    Bir daqiqa vaqt oladi — ism va telefon kifoya.

  2. Masalangizni tinglaymiz

    Mutaxassisimiz bog'lanib, vazifani batafsil o'rganadi. Bepul.

  3. Yechim va narxni taklif qilamiz

    Aniq reja, muddat va taxminiy narx bilan. Majburiyat yo'q.

Ariza qoldiring

* bilan belgilanganlar majburiy

~1 daqiqa

Chet el raqami bo'lsa, + bilan yozing

Qaysi xizmat kerak? · bir nechtasini tanlash mumkin

Yuborish orqali maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz. Ma'lumotlaringiz faqat siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi.