Biznes uchun sun'iy intellekt integratsiyasi

Sun'iy intellektni biznesingizning kundalik ishiga ulaymiz: u ma'lumotlarni tahlil qiladi, sotuvni bashorat qiladi, mijozlarga kecha-kunduz javob beradi va takrorlanadigan ishlarni o'z zimmasiga oladi.

  • AI integratsiya
  • Sun'iy intellekt
  • AI yordamchi
  • ChatGPT biznes uchun
  • Bashorat

Nima qilamiz

Sotuv tahlili

Qaysi mahsulot yaxshi sotilayotgani, qaysi biri turib qolgani va qaysi kunlarda talab oshishi — tushunarli hisobot ko'rinishida.

Bashorat va ogohlantirish

Mahsulot tugashidan oldin xabar beradi, buyurtma hajmini oldindan hisoblashga yordam beradi.

24/7 AI yordamchi

Saytda va Telegram'da mijozlar savollariga darhol javob beradi, buyurtma va arizalarni qabul qiladi.

Hujjat va hisobotlar

Kunlik, haftalik va oylik hisobotlarni o'zi tayyorlaydi — qo'lda yig'ishga hojat qolmaydi.

Mavjud tizimga ulash

AI'ni sizdagi kassa, CRM, ERP yoki onlayn market bilan bog'laymiz — yangi dasturga ko'chish shart emas.

Sizning vazifangiz

Ro'yxatda yo'q AI vazifa kerakmi? Ayting — biznesingizga moslab qurib beramiz.

Natijada nima olasiz

  • Qarorlar taxmin bilan emas, ma'lumot asosida qabul qilinadi
  • Mijozlar savoli javobsiz qolmaydi — kechasi ham
  • Xodimlar takroriy ishdan ozod bo'lib, muhim ishga vaqt topadi
  • AI kassa, ombor va onlayn savdo ma'lumotlarini birga ko'radi

Kimlar uchun

  • Do'konlar va do'konlar tarmog'i
  • Onlayn marketlar
  • Xizmat ko'rsatish (restoran, salon, klinika)
  • Distribyutsiya va ishlab chiqarish
  • Kompaniyalar va startaplar

Sohangiz ro'yxatda yo'qmi? Masalangizni ayting — sizga mos yechimni birga quramiz.

Qanday ishlaymiz

  1. Tanishuv

    Biznesingiz va masalangizni tinglaymiz. Bepul maslahat.

  2. Tahlil

    Qaysi jarayonlarni avtomatlashtirish foyda berishini aniqlaymiz.

  3. Yaratish va o'rnatish

    Yechimni biznesingizga moslab quramiz yoki MasalaHal tizimini o'rnatamiz.

  4. O'rgatish

    Xodimlaringizni tizimda ishlashga o'rgatamiz.

  5. Google'da ko'rinish

    Biznesingizni qidiruv tizimlarida yuqoriga olib chiqish ustida ishlaymiz.

  6. Qo'llab-quvvatlash

    Ishga tushgandan keyin ham yoningizdamiz va tizimni rivojlantiramiz.

Loyihalar va mijozlar fikri

Natija haqida mijozlarimiz gapiradi

Bu bizneslarda kassa (MasalaHal POS), onlayn market va sun'iy intellekt bitta tizimda ishlaydi — natijani egalari o'zlari so'zlab beradi. Jami 30+ mijozimiz video-fikr qoldirgan.

Yuksalish Kitoblari

Kitob do'konini to'liq tizimlashtirib berdik

RusMarket.uz tizimini qurib berdik

MedxMarket.uzLoyiha asoschisi

Endi ham onlayn, ham oflayn mijozlarga xizmat ko'rsatadi

Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Sotuvni tahlil qiladi, mahsulot tugashidan oldin ogohlantiradi, mijozlar savollariga javob beradi va hisobotlarni avtomatik tayyorlaydi. Aniq vazifalar ro'yxatini bepul maslahatda birga belgilaymiz.

Ha. AI'ni sizda ishlayotgan kassa, CRM, ERP yoki onlayn market bilan bog'laymiz. Agar tizim umuman bo'lmasa, MasalaHal tizimini o'rnatib, AI'ni unga ulaymiz.

Ha, o'zbek va rus tillarida javob beradigan qilib sozlanadi va biznesingiz ma'lumotlari (narxlar, mahsulotlar, ish tartibi) asosida ishlaydi.

Narx vazifalar soni va murakkabligiga bog'liq. Bepul maslahatdan keyin aniq taklif beramiz.

Savolingizga javob topmadingizmi? Barcha savol-javoblar yoki bepul maslahat oling

Bog'lanish

Masalangizni aytib bering, birga hal qilamiz

Birinchi maslahat bepul va hech qanday majburiyatsiz. Masalangizni tinglaymiz, yechim va taxminiy narxni aytamiz.

  1. Ariza qoldirasiz

    Bir daqiqa vaqt oladi — ism va telefon kifoya.

  2. Masalangizni tinglaymiz

    Mutaxassisimiz bog'lanib, vazifani batafsil o'rganadi. Bepul.

  3. Yechim va narxni taklif qilamiz

    Aniq reja, muddat va taxminiy narx bilan. Majburiyat yo'q.

Ariza qoldiring

* bilan belgilanganlar majburiy

~1 daqiqa

Chet el raqami bo'lsa, + bilan yozing

Qaysi xizmat kerak? · bir nechtasini tanlash mumkin

Yuborish orqali maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz. Ma'lumotlaringiz faqat siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi.