MasalaHal POS va onlayn market

Qurilish mollari do'koni uchun kassa dasturi va ombor hisobi

Sement qopda, kabel metrda, plitka kvadrat metrda, mix kilogrammda — qurilish mollari savdosida har bir mahsulotning o'z o'lchovi va narxi bor. Ustalar esa ko'pincha keyin to'laydi. MasalaHal POS bu savdoni bitta tartibli tizimga keltiradi.

Tanish holatmi?

Har xil o'lchov birligi

Dona, kilogramm, metr, kvadrat metr, qop — daftarda hisoblash xatoga olib keladi, qoldiq esa hech qachon to'g'ri chiqmaydi.

Ulgurji va chakana narx

Usta uchun bir narx, oddiy xaridor uchun boshqa — kassir qaysi narxni qo'yganini nazorat qilib bo'lmaydi.

Ustalar va prorablar qarzi

Mol qarzga beriladi, qarz esa daftarda yoki xotirada — kim qancha qarzdorligi aniq emas.

Katta ombor

Yuzlab pozitsiya, bir nechta sklad va doimiy kirim — nima qayerda qancha borligi faqat sanaganda bilinadi.

MasalaHal bu masalani qanday hal qiladi

01

To'g'ri o'lchov birliklari

Har bir mahsulot o'z birligida sotiladi va hisoblanadi: dona, kg, metr yoki qop. Kerakli birliklar va qadoqlarni do'koningizga moslab sozlaymiz.

02

Narx turlari

Ulgurji va chakana narxlar tizimda belgilanadi — kassir faqat ruxsat berilgan narx va chegirmani qo'ya oladi.

03

Mijozlar qarzi hisobi

Har bir usta yoki kompaniyaning qarzi, to'lovlari va muddati alohida kartochkada. Kim qancha qarzdorligi bir bosishda ko'rinadi.

04

Ombor va skladlar

Kirim, sotuv va qoldiq bitta tizimda; bir nechta sklad bo'lsa, har birining qoldig'i alohida ko'rinadi.

05

Buyurtma va yetkazib berish

Telefon yoki onlayn marketdan kelgan buyurtmalar bitta joyga tushadi va yetkazib berishga yo'naltiriladi.

06

AI tahlil

Qaysi mahsulot mavsumda tez tugashi va qaysi biri turib qolganini sun'iy intellekt oldindan ko'rsatadi.

Qarz daftari o'rniga

Usta bugun sement oladi, ertaga kabel, to'lovni esa obyekt topshirilgach qiladi. Bunday savdoda har bir qarz aniq chek bilan bog'langan bo'lishi muhim: qaysi mol, qaysi kuni va qaysi narxda berilgani tizimda qoladi, usta bo'lib-bo'lib to'lasa ham qolgan summa o'zi hisoblanadi. Batafsil: qarzga savdo hisobi.

Boshqa nomlari

Qurilish mollari do'koni uchun bunday tizimni «stroymag dasturi», «qurilish do'koni kassa dasturi» yoki ruscha «программа для строительного магазина», «учёт стройматериалов» deb ham qidirishadi.

Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Ha. Har bir mahsulot o'z o'lchov birligida hisoblanadi. Sizdagi birliklar va qadoqlar (masalan, qop va kilogramm) qanday bog'lanishini loyiha boshida birga sozlaymiz.

Ha. Har bir mijozning qarzi, qisman to'lovlari va muddati alohida yuritiladi, umumiy qarzdorlik hisobotda ko'rinadi. Batafsil: qarzga savdo hisobi sahifasida.

Ha, narx turlari tizimda belgilanadi va kassir faqat o'ziga ruxsat berilgan narx hamda chegirmani qo'llay oladi.

Har bir skladning qoldig'i alohida ko'rinadi, ular orasidagi ko'chirishlar ham tizimda qayd etiladi, umumiy hisobot esa bitta joyda.

Savolingizga javob topmadingizmi? Barcha savol-javoblar yoki bepul maslahat oling

Bog'lanish

Masalangizni aytib bering, birga hal qilamiz

Birinchi maslahat bepul va hech qanday majburiyatsiz. Masalangizni tinglaymiz, yechim va taxminiy narxni aytamiz.

Ish vaqti: Du–Sha, 09:00–18:00

  1. Ariza qoldirasiz

    Bir daqiqa vaqt oladi — ism va telefon kifoya.

  2. Masalangizni tinglaymiz

    Mutaxassisimiz bog'lanib, vazifani batafsil o'rganadi. Bepul.

  3. Yechim va narxni taklif qilamiz

    Aniq reja, muddat va taxminiy narx bilan. Majburiyat yo'q.

Ariza qoldiring

* bilan belgilanganlar majburiy

~1 daqiqa

Chet el raqami bo'lsa, + bilan yozing

Qaysi xizmat kerak? · bir nechtasini tanlash mumkin

Yuborish orqali maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz. Ma'lumotlaringiz faqat siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi.