MasalaHal POS va onlayn market

Kitob do'koni uchun kassa dasturi va onlayn market

Kitob do'konida assortiment minglab nomdan iborat, yangi nashrlar har hafta keladi, xaridorlar esa kitobni internetda ham qidiradi. MasalaHal POS kassani, omborni va onlayn katalogni bitta tizimda birlashtiradi — buni Yuksalish Kitoblari do'konida allaqachon ko'rish mumkin.

Tanish holatmi?

Minglab nom — bitta daftar

Qaysi kitob nechta qolganini bilish uchun javonlarni aylanib chiqish kerak bo'ladi.

Sayt va do'kon alohida

Do'konda sotilgan oxirgi nusxa saytda hali ham "mavjud" — xaridor buyurtma beradi, kitob esa yo'q.

Narxlar turli joyda

Narx o'zgarsa, uni kassada ham, saytda ham, narx yorlig'ida ham alohida o'zgartirish kerak.

Qaysi kitob sotilyapti?

Bestsellerni vaqtida qayta buyurtma qilish va turib qolgan kitoblarni aniqlash uchun ma'lumot yo'q.

MasalaHal bu masalani qanday hal qiladi

01

Shtrix-kod (ISBN) bilan kassa

Kitob shtrix-kodi skanerlanadi — nom, narx va qoldiq darhol chiqadi, sotuv bir necha soniyada.

02

Yagona ombor

Do'konda sotilgan kitob saytda ham avtomatik kamayadi — oxirgi nusxa ikki marta sotilmaydi.

03

Onlayn katalog

Kitoblaringiz internetda: xaridor qidiradi, buyurtma beradi, siz esa uni kassa bilan bitta tizimda ko'rasiz.

04

Narx bir joyda

Narx yoki chegirmani bir marta o'zgartirasiz — kassada ham, saytda ham darhol yangilanadi.

05

AI: talabdagi kitoblar

Sun'iy intellekt qaysi kitob yaxshi sotilayotganini va qaysi biri turib qolganini ko'rsatib turadi.

06

Bitta hisobot

Kassadagi va internetdagi barcha sotuvlar bitta hisobotda — nima, qancha va qayerda sotilgani aniq.

Kitob do'koniga xos jihatlar

Kitob savdosida bitta nomning bir nechta nashri, turli nashriyot va yetkazib beruvchilar bo'ladi. Shuning uchun kirimni kim olib kelgani bo'yicha yuritish, nashriyotlar kesimida sotuvni ko'rish va sekin sotilayotgan kitoblarni vaqtida aniqlash muhim — bu hisobotlarni do'koningiz ish tartibiga moslab sozlaymiz.

Haqiqiy loyiha

Yuksalish Kitoblari: Kitob do'koni to'liq tizimga o'tdi

Yuksalish Kitoblari do'konida endi kassa, onlayn market va sun'iy intellekt bitta tizimda ishlaydi. Do'konda sotilgan kitob saytda ham avtomatik kamayadi, narx bir joyda o'zgaradi, barcha sotuvlar esa bitta hisobotda.

  • Do'konda sotilgan kitob saytda ham avtomatik kamayadi
  • Narx bir joyda o'zgaradi — kassada ham, saytda ham yangilanadi
  • Kassadagi va internetdagi barcha sotuvlar bitta hisobotda
Keysni to'liq ko'rish →

Boshqa nomlari

Kitob do'koni uchun bunday tizimni «kitob do'koni dasturi», «kitob savdosi uchun kassa», «onlayn kitob do'koni» yoki ruscha «программа для книжного магазина», «учёт книг» deb ham atashadi.

Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Ha. Kassada kitob shtrix-kodi skanerlanadi va kitob darhol topiladi. Shtrix-kodi yo'q nashrlar bilan qanday ishlashni demo paytida sizning assortimentingiz misolida ko'rsatamiz.

Mavjud ro'yxatni (Excel yoki boshqa dasturdan) tizimga ko'chiramiz: nom, muallif, shtrix-kod, narx va qoldiq. Yangi kelgan kitoblar esa kirim orqali qo'shiladi.

Ha. Kassa va onlayn market bitta ombordan ishlaydi: do'konda sotilgan kitob saytda ham avtomatik kamayadi.

Yuksalish Kitoblari do'konida kassa, onlayn market va sun'iy intellekt bitta tizimda ishlaydi — keys va do'kon vakilining video-fikri shu sahifada.

Savolingizga javob topmadingizmi? Barcha savol-javoblar yoki bepul maslahat oling

Bog'lanish

Masalangizni aytib bering, birga hal qilamiz

Birinchi maslahat bepul va hech qanday majburiyatsiz. Masalangizni tinglaymiz, yechim va taxminiy narxni aytamiz.

Ish vaqti: Du–Sha, 09:00–18:00

  1. Ariza qoldirasiz

    Bir daqiqa vaqt oladi — ism va telefon kifoya.

  2. Masalangizni tinglaymiz

    Mutaxassisimiz bog'lanib, vazifani batafsil o'rganadi. Bepul.

  3. Yechim va narxni taklif qilamiz

    Aniq reja, muddat va taxminiy narx bilan. Majburiyat yo'q.

Ariza qoldiring

* bilan belgilanganlar majburiy

~1 daqiqa

Chet el raqami bo'lsa, + bilan yozing

Qaysi xizmat kerak? · bir nechtasini tanlash mumkin

Yuborish orqali maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz. Ma'lumotlaringiz faqat siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi.