Fatvo.uz mobil ilovasi
O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi uchun ilova: fatvolar, shar'iy hukmlar va savol-javoblar qulay shaklda.
Asoschi
MasalaHal asoschisi va rahbari
MasalaHal asoschisi va rahbari. 3.5 yildan beri dastur yozaman: mobil ilovalar, onlayn marketlar, Telegram botlar va bizneslar uchun boshqaruv tizimlari.

Tadbirkorlarga dastur emas, tartib kerak.
Dasturchi bo'lib ishlagan yillarimizda bitta narsani ko'rdik: tadbirkorlarga dastur emas, tartib kerak. Tushum, ombordagi qoldiq va mijozlar har xil daftarlarda, Excel fayllarda va odamlarning boshida yuradi. Natijada pul ko'rinmas joylardan oqib ketadi, egasi esa bir kun ham ishdan uzoqlasha olmaydi.
Shuning uchun MasalaHal'ni ochdik. Biz tayyor dasturni sotib, ketib qolmaymiz: avval biznesni o'rganamiz, keyin savdo, ombor va mijozlarni bitta tizimga yig'amiz, xodimlarni o'rgatamiz va ishga tushgandan keyin ham yonida bo'lamiz.
Bugungi kungacha MasalaHal'dagi har bir loyihani — kassa va onlayn marketlardan tortib AI yordamchilargacha — jamoamiz bilan birga loyihalab, o'zimiz qurganmiz.
Yuksalish Kitoblari, MedxMarket, RusMarket va Vantage o'quv markazi uchun kassa, onlayn market, CRM/ERP va AI yordamchilar.
Batafsil →Onlayn do'kon, Android va iOS ilova, admin panel, Click va Payme to'lovlari, buyurtma va kuryerlar — arxitekturadan serverga qadar noldan qurildi.
Batafsil →O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi uchun ilova: fatvolar, shar'iy hukmlar va savol-javoblar qulay shaklda.
Robbit o'quv markazi uchun: o'qituvchilar ishini kuzatish, ota-onalarga avtomatik oylik hisobot va o'qituvchilar uchun vazifa va reyting tizimi.
Veb-panel va Telegram bot: vazifalar, davomat, fotohisobot, KPI va bonuslar avtomatik hisoblanadi.
Restoranni boshqarish ilovasi, Bluetooth orqali ishlaydigan fitnes ilova, audiokitob ilovalari va boshqa loyihalar.
Dastur yozishdan oldin jarayonni o'rganamiz: pul, tovar va ma'lumot qayerdan kelib, qayerga ketadi.
Tizim chiroyli bo'lishi yetarli emas. Egasi tushum, qoldiq va foydani telefonida aniq ko'rishi kerak.
Maqsad — biznes egasi bir hafta yo'q bo'lsa ham, ish to'xtamasligi va hech narsa yo'qolmasligi.
Xodimlarni o'rgatamiz, xatolarni tuzatamiz va tizimni biznes bilan birga o'stiramiz.

Birinchi suhbat bepul. Biznesingizni tinglaymiz va qayerdan boshlash kerakligini aytamiz.